Foto: AFP
Isroil prezidenti Itsxak Gersog Sky News telekanaliga bergan intervyusida o‘z mamlakati «Hizbulloh» a’zolari peyjerlari va ratsiyalarini portlatishda ishtirok etmaganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, «Hizbulloh»ning dushmanlari ko‘p».
«Hizbulloh»ning dushmanlari ko‘p, bugungi kunda ular oz emas. «Hizbulloh» Livanni bo‘g‘ib, vayron qilmoqda, qayta-qayta tartibsizlik yaratmoqda. Biz o‘zimizni himoya qilish uchun shu yerdamiz. Biz chora ko‘rishimiz kerakligini aniq aytamiz. Har qanday davlat o‘z xalqini himoya qilish uchun shunday qiladi», dedi u.
Sky News telekanalining qayd etishicha, bu peyjer portlashlaridan keyin Isroil rasmiylarining birinchi rasmiy izohidir.
Gersog so‘zlariga ko‘ra, Isroil Livan bilan urushdan «manfaatdor emas».
«Isroil Livan bilan urushdan manfaatdor emas. Biz Livan bilan urushga aralashmoqchi emasmiz. Lekin Livanni terrorchi tashkilot egallab oldi, bu «Hizbulloh» deb atalgan siyosiy partiya», dedi Isroil prezidenti.
17 sentyabr kuni Livanda «Hizbulloh» tomonidan tezkor aloqa uchun foydalaniladigan peyjerlarda qator portlashlar sodir bo‘ldi. Ertasi kuni ratsiyalar ham portlatildi. Portlashlar oqibatida kamida 37 kishi halok bo‘lgan va uch mingga yaqin kishi jarohatlangan.
Reuters agentligi Livan xavfsizlik xizmatidagi manbalarga tayanib, Isroil razvedka xizmati «Mossad» bir necha oy oldin «Hizbulloh» tomonidan sotib olingan besh ming peyjerga portlovchi moddalar o‘rnatganini xabar qildi.
«Hizbulloh» rahbari Hasan Nasrulloh operatsiyada Isroilni aybladi. ABC News telekanali Amerika razvedkasidagi manbasiga tayanib, Isroil kamida 15 yildan beri «Hizbulloh» a’zolari peyjerlarini portlatish operatsiyasini rejalashtirganini yozdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”