Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy keng ko‘lamli urush uni qanday o‘zgartirganini ma’lum qildi. Bu haqda u The New Yorker'ga bergan intervyusida aytdi.
"Agar men haqimda gapirayotgan bo‘lsangiz, hali ham o‘zimni qo‘lga olib turibman... Ehtimol, ilgarigiga qaraganda kamroq his-hayajonga beriladigan bo‘lib qolganman. Bunga shunchaki vaqt yo‘q. Xuddi asosli mulohazalar va dalillar keltirish uchun vaqt yo‘qligidek", dedi siyosatchi.
Zelenskiy hozir faqat intervyu paytida ovoz chiqarib o‘ylash imkoniyatiga ega bo‘lganini ta’kidladi.
"Men qo‘l ostimda ishlovchilar va hukumatdagi hamkasblarim bilan bunday qilmayman. Agar har bir qarorni bir soat davomida o‘ylab o‘tirsam, kuniga atigi ikki yoki uchta qaror qabul qila olardim. Ammo men yigirmata yoki o‘ttiztasini qabul qilishga majburman", dedi u.
Ukraina prezidenti urushning dastlabki kunlarida mamlakatda tartibsizlik hukm surganini esladi.
"Odamlar mamlakatning butunlay bosib olinishidan qo‘rqqanda, hech kim nima qilishni bilmasdi. Ba’zilar bir tomonga, huquq-tartibot idoralari boshqa tomonga qochishdi. Hatto prezidentning qayoqqadir qochib ketgani haqida mish-mishlar ham tarqaldi. Bu xaos edi. Aslida, men qolganlar orasida edim va bu xaosga barham berdim", dedi siyosatchi.
Zelenskiy ilgari ommaviy axborot vositalarida uning fashizmga qarshi kurashgan Uinston Cherchill va Charli Chaplin bilan taqqoslanishi haqida izoh berar ekan, shunday dedi:
"O‘zimni siz tilga olgan insonlar bilan taqqoslash kamtarlikdan bo‘lmasa kerak... Chaplinda tarixni so‘zlab berish, odamlarga yetib borish yo‘llarini topish iste’dodi bor edi. U shunchaki quruq faktlar va raqamlarni yetkazib qolmasdan, hissiy hikoya yaratish uchun kino tilidan foydalangan. U bu iste’dodini fashizmga qarshi kurashda qo‘llagan.
Cherchillga kelsak, u juda murakkab vaziyatga tushib qolgan mamlakatning yetakchisi edi, lekin shunga qaramay Yevropada fashizmga qat’iy “yo‘q” degan yagona davlatga aylana oldi... Va bu “yo‘q” Amerikani urushda jiddiy ittifoqchi bo‘lishi kerakligiga ishontirdi", deya xulosa qildi u. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”