Foto: Getty Images
Belgradda 22 sentyabr kuni “Partizan” futbol klubi stadionida yong‘in sodir bo‘ldi.
Noma’lum shaxslar maydonga tez yonuvchi suyuqlik sepgan, stadion maysasiga shisha butilka bo‘laklarini sochib, so‘ng maydonga o‘t qo‘ygan. “Partizan” rahbariyati barcha kerakli ma’lumotlarni huquq-tartibot idoralariga taqdim qildi, klub xodimlari hozirda maysazorni tiklash ustida ishlamoqda.
Ma’lumot uchun, bugun, 23 sentyabr kuni Serbiya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan “Partizan” — “Srvena Zvezda” uchrashuvi Belgradda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Bu derbi jahon futbolidagi eng murosasiz derbilardan biri hisoblanadi.
“Partizan” olti o‘yinda 11 ochko jamg‘arib, milliy chempionat turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. “Srvena Zvezda” 7 uchrashuvdan keyin 19 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Uchrashuv maydoni ko‘chirilgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi