
Iordaniya qiroli Abdulla II amaldagi bosh vazir Xani al-Mulkiyga yangi hukumat shakllantirishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.
Ilgariroq Milliy kengash quyi palatasiga bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga ko‘ra al-Mulkiy boshchiligidagi vazirlar mahkamasi iste’fo bergan edi. Iordaniya qiroli iste’fo talabini qabul qildi. Yangi hukumat shakllantirilguniga qadar amaldagi vazirlar mahkamasi o‘z vazifasini bajarib turadi. Bu jarayon bir hafta davom etishi mumkinligi aytilmoqda.
May oyining oxirida Abdulla II quyi palatani tarqatib yuborib, o‘sha paytdagi tashqi ishlar vaziri al-Mulkiyga yangi hukumat shakllantirishni topshirgan edi. Yangi hukumatning vazifasi sifatida umummilliy saylovlarni tashkillashtirish va o‘tkazish belgilangan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar