18:24 / 24.09.2024
32

Lionel Messi o‘z prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi

Lionel Messi o‘z prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi
Argentinalik futbolchi Lionel Messi o‘zining 525 Rosario deb nomlangan prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi, deya xabar bermoqda ESPN.

Kompaniya oilaviy dasturlar va televizion kontent ishlab chiqaradi.

Loyiha Apple TV+ striming xizmati uchun Messi haqida ikkita serial (“Messi va Jahon Chempionati: Yuqoriga yo‘l” va “Messi Amerika bilan uchrashdi”) tayyorlagan Smuggler Entertainment bilan hamkorlikda ishga tushirildi.

Ko‘ngilochar narsalar har doim mening ishtiyoqim bo‘lgan, futbol maydonida ham, undan tashqarida ham. Smuggler Entertainment bilan birgalikda yaratgan loyihamizni rivojlantirish meni ruhlantiradi”, — deydi Leo.

Messi kompaniyani o‘zining tug‘ilgan shahri Rosario sharafiga nomladi. Sportchining tasavvuriga ko‘ra, 525 Rosario “ildiz va oilaviy qadriyatlar” muhimligini aks ettiradi.

Kompaniya shtab-kvartirasi hozirgi kunda Messi yashayotgan Mayamida, shuningdek, Los-Anjeles shahrida joylashgan bo‘ladi.

Loyihani esa Smuggler Entertainment bosh direktori Tim Pastor hamda Messining oilasi boshqaradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lionel Messi o‘z prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi