Jo Bayden: “Qo‘shma Shtatlar Ukrainani g‘alaba qozonguncha qo‘llab-quvvatlaydi”

Jo Bayden: “Qo‘shma Shtatlar Ukrainani g‘alaba qozonguncha qo‘llab-quvvatlaydi”
Foto: Google Images
AQSH Ukraina urushda g‘alaba qozonmaguncha uni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu haqda Jo Bayden BMT Bosh assambleyasining AQSHda bo‘lib o‘tgan 79-sessiyasidagi nutqi chog‘ida aytib o‘tdi.

Uning fikricha, Rossiya NATOni zaiflashtirishga urinmoqda. “Biroq NATO hozir har qachongidan ham kuchliroq”, dedi AQSH prezidenti.

Nutqi davomida Bayden Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘xtatish vaqti kelganini ta’kidladi. “Diplomatik yechimning hali ham imkoni bor”, dedi u.

AQSH prezidenti, shuningdek, Oq uy Eron yadro qurolini yaratish va undan foydalanishiga yo‘l qo‘ymasligini eslatib o‘tdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar