09:23 / 25.09.2024
90

Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda

Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda
Foto: AP Photo
Shvetsiya Eronni kiberhujum uyushtirganlikda hamda Qur’on yoqib yuborilgan norozilik namoyishlaridan keyin shvetsiyaliklarga minglab SMS jo‘natganlikda aybladi.

Gap o‘tgan yili qayd etilgan pochta xabari haqida ketmoqda. O‘sha vaqtda shvetsiyalik abonentlarga “Qur’on yoqib yuborilgani uchun” qasos olishga chaqiruvchi noodatiy SMS-xabarlar kelgan.

Qayd etilishicha, bu mamlakatda o‘tkazilgan islomga qarshi bir qator norozilik namoyishlaridan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan, unda faollar musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Qur’onning bir necha nusxasini yoqib yuborgan edi.

Shvetsiya prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergovga ko‘ra, uyali aloqa operatori xizmatlariga hujum Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi manfaatlarini ko‘zlab ish tutuvchi Anzu guruhi xakerlari tomonidan uyushtirilgan.

Prokuraturaning ta’kidlashicha, davlat xavfsizlik xizmati kiberhujumni uyushtirgan xakerlarni aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Biroq xakerlarni ekstraditsiya qilish va so‘roq o‘tkazish istiqbollari deyarli yo‘q.

“Kiberhujumdan ko‘zlangan maqsad Shvetsiya jamiyatida bo‘linishni keltirib chiqarish va Shvetsiyaning islomofobiya avj olgan davlat sifatidagi imijini ilgari surish bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda