Foto: AFP
Xitoy Tinch okeanida jangovar kallak maketini olib yuruvchi qit’alararo ballistik raketaning muvaffaqiyatli sinov parvozini amalga oshirdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Xitoy hukumati sinovlarni rejadagi deb ta’riflasa-da, tahlilchilar bunday sinov so‘nggi marta 1980 yilda o‘tkazilganini ta’kidlamoqda. Raketa 25 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:44 da uchirilgan.
“Raketa rejalashtirilgan akvatoriyaga tushdi, uchirish raketa qo‘shinlarining har yilgi harbiy mashqlari doirasida amalga oshirildi”, deya xabar bermoqda Xinhua davlat axborot agentligi.
Pekin qaysi raketa sinovdan o‘tkazilgani va u qanday trayektoriya bo‘yicha uchgani haqida xabar bermayapti. Biroq Sinxua agentligi bu borada Xitoy “tegishli davlatlarni oldindan xabardor qilgani”ni aytmoqda.
Xitoy, odatda, o‘z yadroviy qurolini mamlakat hududida sinab ko‘radi, so‘nggi yillarda u Shinjon mintaqasidagi Takla-Makan cho‘lidagi poligonga qit’alararo ballistik raketalarni uchirdi.
Shu sababli, joriy sinov paytida Xitoy raketasi 1980 yildan buyon birinchi marta xalqaro suvlar ustidan uchib o‘tgani taxmin qilinmoqda.
“Agar men biror narsani e’tibordan chetda qoldirmagan bo‘lsam, bu voqea uzoq vaqtdan beri birinchi marta sodir bo‘lyapti va e’lon qilinyapti”, deydi Karnegi xalqaro tinchlik jamg‘armasining yadroviy qurollar bo‘yicha mutaxassisi Ankit Panda.
Uning fikricha, Pekinning bu sinovlar rejali va “har yilgi” ekani haqidagi bayonotlari juda g‘alati. Chunki ular “na muntazam ravishda, na har yili” amalga oshiriladi.
Yaponiya Mudofaa vazirligi yapon kemalari sinovlar natijasida zarar ko‘rmaganini ma’lum qildi.
“Biz Xitoy armiyasining harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilishni davom ettiramiz. Barcha mumkin bo‘lgan ehtiyot choralarini ko‘ramiz va sergakligimizni saqlaymiz”, deyiladi vazirlik xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi