Foto: Reuters
AQSHning sobiq yetakchisi Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan BMT Bosh assambleyasining navbatdagi sessiyasida uchrashishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Associated Press (AP) xabar berdi.
Respublikachilar saylovoldi shtabining vakili agentlikka ma’lum qilishicha, Tramp va Zelenskiyning uchrashuvi rejalashtirilmagan. Avvalroq Ukraina rasmiylari bunday uchrashuv mamlakat prezidentining taqvimida bo‘lganini da’vo qilgan edi.
Reuters nashri AQSH sobiq prezidentiga yaqin manbaga tayanib xabar berishicha, har ikki tomon ham uchrashish istagini bildirgan, biroq aniq sana belgilanmagan.
Zelenskiy AQSHga safarini e’lon qilar ekan, o‘zining “g‘alaba rejasi”ni mamlakatning amaldagi prezidenti Jo Bayden, Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Kamala Harris va respublikachi Trampga taqdim etish niyatida ekanini aytgandi. Oq uyning sobiq rahbari 25 sentyabr kuni Ukraina prezidenti bilan uchrashish ehtimolini istisno qilmagan.
Shu bilan birga, Tramp Zelenskiyni “tarixdagi eng buyuk savdogar” deb atagan. U Ukraina prezidenti demokratlardan pul olishni davom ettirmoqchi, shuning uchun ularning g‘alaba qozonishini xohlaydi, degan fikrga kelgan.
Tramp, shuningdek, Ukraina urushda g‘alaba qozonishiga shubha bildirgan va Rossiyaning harbiy salohiyatini maqtagan.
“Ular Gitlerni mag‘lub etishdi, ular Napoleonni mag‘lub etishdi — ular shunday qilishadi, jang qilishadi”, dedi sobiq prezident.
Siyosatchi amaldagi prezident Jo Bayden va prezidentlikka nomzod Kamala Harrisni AQSHni Ukrainadagi urushga jalb qilganlikda ayblagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar