Foto: Rouzbeh Fouladi / Zuma / “TASS”
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning aytishicha, Livanning “Hizbulloh” harakati qo‘mondonligi a’zolarining Isroilning so‘nggi zarbalari oqibatida halok bo‘lishi guruhni sezilarli darajada zaiflashtirmaydi. Bu haqida Yaqin Sharq OAVga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Shubhasiz, “Hizbulloh” harakatining oliy qo‘mondonlarining o‘limi guruhga zarar yetkazdi, ammo bu zarar “Hizbulloh”ni tiz cho‘ktirishga qodir emas, dedi Oyatulloh Xomanaiy.
23 sentyabr kuni Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Livanda “Shimol o‘qlari” deb nomlangan hujum operatsiyasini e’lon qilgan edi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mahalliy aholini “Hizbulloh” muassasalari yaqinidagi hududlarni tark etishga chaqirgan.
Hujumlarning birinchi kunida, Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 558 kishi, shu jumladan, 50 nafar bola va 94 nafar ayol halok bo‘lgan, yana 1835 kishi jarohat olgan. Mamlakat janubidagi minglab aholi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish mazkur voqaealar tufayli Livan "ikkinchi G‘azo"ga aylanishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
“Men Livanning yangi G‘azoga aylanishi ehtimolidan xavotirdaman. Menimcha, bu butun dunyo uchun dahshatli fojia bo‘ladi”, dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi