
Isroildagi g‘orlardan birini tadqiq qilish jarayonida Iskandar Zulqarnayn davriga tegishli xazina topildi, deya xabar bermoqda «Korrespondent.net» Isroil tarixiy yodgorliklar boshqarmasiga tayanib.
Topilgan zargarlik buyumlari va tangalarning yoshi qariyb 2,3 ming yilni tashkil etadi. Bu Isroil hududida aniqlangan ushbu davrga tegishli ilk xazinadir.
Yashirin xazina mamlakat shimolidagi stalaktitli (g‘or shipidan osilib turadigan ohaktoshli hosilalar) g‘ordan topilgan. Qimmatbaho taqinchoq va tangalardan tashqari, u erga kulolchilik buyumlari ham yashirib qo‘yilgan bo‘lgan.
Isroil tarixiy yodgorliklar boshqarmasidagilar taxminicha, buyumlar Iskandar o‘limidan so‘ng yuzaga kelgan tartibsizliklar chog‘ida g‘orlarda jon saqlagan mahalliy aholiga tegishli bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Manba: www.daryo.uz
IsroilIskandar ZulqarnaynTarixiy YodgorliklarZargarlik BuyumlariXazina TopildiG‘or Tadqiqoti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar