13:30 / 26.09.2024
88

Putin: Oddiy qurol bilan Rossiya suverenitetiga “kritik tahdid” ham yadroviy javobga asos bo‘ladi

Putin: Oddiy qurol bilan Rossiya suverenitetiga “kritik tahdid” ham yadroviy javobga asos bo‘ladi
Kollaj: RFE
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadroviy doktrinaga qanday o‘zgartirishlar kiritilishini aytdi. Moskva javob zarbasini berish uchun asoslar ro‘yxatini kengaytirmoqda.

Putin 25 sentyabr kuni Rossiya Xavfsizlik kengashining yadroviy qurollarni jilovlash bo‘yicha doimiy yig‘ilishida nutq so‘zladi. U yadroviy doktrinaning o‘zgarishini istisno qilmadi. Shu bilan birga, hozirda yadroviy quroldan foydalanish haqida “hatto o‘ylash”ning hojati yo‘qligini aytdi.

"Rossiya agressiya paytida yadro qurolidan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi, shu jumladan dushman oddiy qurollardan foydalangan holda “kritik tahdid” yuzaga keltirsa ham", dedi Putin.

Hujjatning yangilangan tahririda har qanday yadroviy bo‘lmagan davlatning Rossiyaga qarshi tajovuzi, agar u “yadroviy davlat ishtirokida yoki qo‘llab-quvvatlashi bilan” sodir etilsa, uni Rossiyaga qarshi qo‘shma hujum sifatida baholash taklif etilmoqda.

Putinga ko‘ra, yangilangan yadro doktrinasi loyihasida yadroviy tiyib turish siyosati olib boriladigan davlatlar va harbiy ittifoqlar toifasi kengaytiriladi.

"Rossiya tomon havo-kosmik hujum vositalarining yo‘lga qo‘yilgani to‘g‘risidagi ishonchli axborot yadroviy javobni keltirib chiqarishi muqarrar. Rossiya Belarusga nisbatan tajovuz sodir etilgan taqdirda ham yadro qurolidan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi", dedi Kreml rahbari.

Rossiya chegarani kesib o‘tishda raketa va dronlarning ommaviy uchirilishi haqidagi ishonchli ma’lumotlardan keyin yadro qurolidan foydalanish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. Putin ta’kidlashicha, Rossiya harbiy doktrinasiga kiritilgan aniqliklar tahdidlarga mos ravishda puxta o‘ylangan.

"Rossiya doimo yadro kuchlaridan foydalanish masalalariga o‘ta mas’uliyat bilan yondashgan, bu mamlakat suverenitetini himoya qilishning eng so‘nggi chorasi hisoblanadi”, degan u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: Oddiy qurol bilan Rossiya suverenitetiga “kritik tahdid” ham yadroviy javobga asos bo‘ladi