Foto: Getty Images
Yevropa Ittifoqi davlatlari bo‘rilar populyatsiyasini kamaytirishga qaratilgan tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
Endi bo‘rilar maqomi «qattiq qo‘riqlanuvchi» emas, balki shunchaki «qo‘riqlanuvchi» turga aylanadi, bu esa milliy hukumatlarga ushbu yirtqichlarni otishga ko‘proq ruxsatnoma berish imkoniyatini taqdim etadi. Hozirda YEIda bo‘rilar faqat insonlar va yaylovdagi hayvonlarga xavf tug‘dirsagina ularni otishga ruxsat beriladi. Amalda buning uchun ruxsat olish juda qiyin, ko‘pincha DNK tahlili natijalarini kutishga to‘g‘ri keladi.
Bo‘rilarga nisbatan himoya maqomini pasaytirishga qarshi chiqqan Germaniya atrof-muhit vaziri, «yashillar» partiyasi vakili Shteffi Lemke pozitsiyasini o‘zgartirganidan keyin YEI o‘z qarorini qabul qilishga erishdi. «Oxirgi yillarda bo‘rilar soni shunday o‘zgardiki, mazkur qaror tabiat va hayvonlarni himoya qilish nuqtayi nazaridan o‘zini oqlaydi», — deydi u ovoz berish jarayonidan keyin.
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen ham mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan. OAVning yozishicha, 2022 yilda uning Dolli laqabli ponisini bo‘ri g‘ajib tashlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropada 20 mingga yaqin bo‘ri mavjud bo‘lib, ular har yili kamida 65 ming bosh qo‘y va echkilarni bo‘g‘izlaydi.
Fermerlar YEIning rejasidan foydalanib keladi, ammo atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlari va ko‘plab olimlar unga qarshi chiqadi. «Himoya maqomining pasaytirilishidan boshqa hayvonlar jabr ko‘rmaydi», — deydi Lemke. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi