Foto: Getty Images
Hindistonda diniy bayram munosabati bilan daryo va hovuzlarda cho‘milayotgan 46 kishi cho‘kib ketdi, deb yozadi The Guardian. Fojiaga mamlakatda yaqinda sodir bo‘lgan toshqinlar tufayli daryo va hovuz suvlarining me’yordan oshib ketishi sabab bo‘lgan. Bihar shtati hokimiyati vakillari qurbonlar orasida 37 nafar bola va yetti nafar ayol borligini ma’lum qildi.
Gap shundaki, mamlakatdagi dindorlar har yili keng ko‘lamda o‘tkaziladigan Jivitputrika Vrat bayramini nishonlayotgan edi. Bu bayramda ayollar 24 soat davomida ro‘za tutib, farzandlarining farovonligi uchun ibodat qiladi. So‘ng ular o‘z hududlaridagi daryo va hovuzlarga cho‘milishga boradi, ba’zida bolalarini ham olib ketadi.
Bihar shtati hukumati qurbonlarning oilasiga 400 000 rupiydan (4 784 dollar) tovon puli to‘lanishini e’lon qildi.
Hindistonda yirik diniy bayramlar paytida ziyoratgohlarda o‘lim holatlari tez-tez uchraydi, chunki bu paytda millionlab odamlar ziyoratga keladi. O‘tgan yili mahalliy OAV Bihar shtatida 24 soat ichida 22 kishi suvga cho‘kib vafot etgani haqida xabar bergandi.
Iyul oyi boshida esa Uttar-Pradesh shtatida ko‘p sonli hindlarning diniy yig‘inida kamida 116 kishi oyoq ostida qolib halok bo‘ldi. Bu so‘nggi o‘n yil ichida kuzatilgan eng dahshatli fojia.
Hindistonda har yili musson mavsumida (iyun - sentyabr oylari oralig‘ida) kuchli yomg‘irlar yog‘adi va suv toshqinlari sodir bo‘ladi. Musson qishloq xo‘jaligi va millionlab fermerlar turmushi uchun juda muhim. Ammo u Janubiy Osiyo bo‘ylab yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘ladigan ko‘chkilar va suv toshqinlari sababchisi ham hisoblanadi.
Iyul oyida Hindiston janubidagi Kerala shtatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘ldi: kuchli musson yomg‘irlari tufayli yuzaga kelgan ko‘chkilar choy plantatsiyalarini tonnalab tosh va tuproqqa ko‘mib tashladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi butun dunyo bo‘ylab ekstremal ob-havo hodisalari sonining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Hindistondagi to‘g‘on qurish, o‘rmonlarni kesish va qurilish loyihalari esa qurbonlar sonini oshirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi