Amerikalik olimlar grippdan himoya qiladigan burun spreyini ixtiro qildi

1 daqiqa o'qish108
Amerikalik olimlar grippdan himoya qiladigan burun spreyini ixtiro qildi
Foto: Getty Images
AQSHda olimlar shamollash va gripp viruslarini yuqtirish xavfini 99,9 foizgacha kamaytiradigan burun spreyi ixtiro qildi, deb yozmoqda New Atlas.

Patogenlarni tutib olib, zararsizlantiruvchi sprey (PCANS) tarkibida hech qanday dori vositalari mavjud emas. Buning o‘rniga u burunning ichki qismini qoplaydigan gel hosil qiladi. Bu gel foydalanuvchining nafas olishiga ta’sir qilmasa-da, burun orqali kirgan har qanday virus yoki bakteriyalarni ushlab, ular nobud bo‘lguncha harakatsizlantiradi.

Ishlanma gripp, adenovirus, pnevmoniya va hatto koronavirusda sinovdan o‘tkazildi — ularning hech biri burundan nariga o‘tmadi.

Harvardga aloqador Brigham and Women's Hospital shifoxonasi olimlari tomonidan yaratilgan sprey laboratoriya sichqonlarida sinovdan o‘tkazildi. H1N1 gripp virusining sichqonlarga moslashtirilgan shakli tajribadagi kemiruvchilarga o‘limga olib keladigan dozadan 25 baravar ko‘proq miqdorda yuborilganda ham sprey ularni himoya qildi. Bundan tashqari, sichqonlarning o‘pkasidagi virus darajasi 99,99 foiz pasaydi. Sprey kemiruvchilarning burnida sakkiz soatgacha saqlanib, kamida to‘rt soat davomida infeksiyani samarali to‘sdi.

PCANS hali odamlarda sinovdan o‘tkazilgani yo‘q, ammo u 3D printerda chop etilgan inson burni modelida qo‘llandi. Bu tajribada PCANS oddiy shilliqqa nisbatan ikki barobar ko‘p mikroblarni tutib oldi.

“U biz sinovdan o‘tkazgan barcha virus va bakteriyalarning deyarli 100 foizini, jumladan, gripp, SARS-CoV-2, RSV, adenovirus, pnevmoniya K va boshqalarni bloklab, zararsizlantirdi”, — deydi tadqiqot bosh muallifi doktor Jon Jozef.

Agar odamlar orasida sprey sinovi muvaffaqiyatli o‘tsa, u 2026 yilda sotuvga chiqarilishi mumkin. Olimlar spreydan kelgusida allergiyaga qarshi foydalanish ham mumkin, deb hisoblamoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?