10:32 / 28.09.2024
29

Qozog‘istonda ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qozog‘istonda ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Foto: antikor
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yashovchi fuqaro ichki organlarini 9 million tengega (18,8 ming dollar) sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Sputnik.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur fakt viloyat prokuraturasi internet tarmog‘ini kuzatish chog‘ida aniqlangan, shundan so‘ng erkak qo‘lga olingan.

2024 yil 25 sentyabr kuni prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘zining ichki organlarini jami 9 million tengega sotish bo‘yicha noqonuniy bitim tuzmoqchi bo‘lgan fuqaro E. qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 116-moddasi 1-qismi bilan sudga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi