13:10 / 28.09.2024
23

«Helen» to‘foni AQSHga jiddiy talafot yetkazdi

«Helen» to‘foni AQSHga jiddiy talafot yetkazdi
AQSH janubi-sharqini qamrab olgan «Helen» to‘foni oqibatida kamida 43 kishi halok bo‘ldi, millionlab odamlar elektrsiz qoldi.

To‘fon hozirda sezilarli darajada zaiflashgan bo‘lsada, meteorologlar kuchli shamol, kuchli yog‘ingarchilik va tornado xavfi davom etishi haqida ogohlantirmoqda. Dovul hududida uylar va yo‘llar qisman suv ostida qolgan, sug‘urta kompaniyalari zararni ko‘p milliard dollarga baholamoqda.

O‘nlab odamlar kuchli toshqin vaqtida shifoxona tomida jon saqlab qolishdi.
Xabar qilinishicha, «Helen» to‘rt million xonadon va korxonalarni elektr energiyasisiz qoldirgan.

AQSH prezidenti Jo Bayden aholini mahalliy amaldorlarning evakuatsiya haqidagi ogohlantirishlariga amal qilishni so‘radi. Florida shtatining Teylor okrugida sherif departamenti evakuatsiyadan bosh tortgan aholidan qo‘llariga ism va tug‘ilgan sanalarini siyoh bilan yozib qo‘yishni maslahat bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Helen» to‘foni AQSHga jiddiy talafot yetkazdi