17:43 / 28.09.2024
24

Shahzoda Garri farzandlarining kelajagidan xavotirda ekanini bildirdi

https://daryo.uz/static/2024/09/27/prince-harry-clinton-global-initiative-2024-annual-meeting-092424-7-d0c91b9318ba414faa842994a5dcd362-iPCrWKs2.jpg
Britaniya qiroli Charlz III ning kenja o‘g‘li — shahzoda Garri Nyu Yorkda bo‘lib o‘tgan xayriya tadbirida nutq so‘zladi. U iqlimning o‘zgarib borayotgani va ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siri tufayli 5 yoshli o‘g‘li Archi va 3 yoshli qizi Lilibetning kelajagi haqida xavotir olayotganini aytdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Shahzoda Garri tashabbusi bilan Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Iqlim o‘zgarishi haftaligida u Afrikaning janubiy qismida joylashgan Lesotoni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlab o‘tdi va o‘sha mamlakatning rasmiy tili — sesotoda nutq so‘zladi.

Shuningdek, shahzoda Garri 2024 yil 22 iyulda dunyo rekord darajadagi eng issiq kunni boshidan kechirganini eslatib o‘tdi: sayyoradagi o‘rtacha harorat 17,09 daraja yoki Farengeyt bo‘yicha 62,76 darajani tashkil etgan edi.

Travalyst xayriya jamg‘armasining faoliyati Lesoto va Botsvanada tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaxshilashga qaratilgan.
Shahzoda Garri farzandlarining kelajagidan xavotirda ekanini bildirdi
Shahzoda Garrining 2013 yilda Lesotoga tashrifi
Foto: Arabian Business

Bundan tashqari, shahzoda Garri o‘zining Travalyst xayriya tadbirida turizmning ta’siri haqida aytib o‘tdi:

Men sayohat va turizm ham foydali, ham zararli bo‘lishi mumkinligini tushundim. Ushbu sohadan qanday maqsadlarda foydalanganga qarab yoki ulkan foyda keltiradi, yo diqqatga sazovor joylar va aholiga katta zarar keltiradi”, dedi u.

Foto: Getty Images
Shahzoda Garrining Nyu Yorkka safari sakkiz kun davom etadi, uning rafiqasi Megan va farzandlari esa Kaliforniyaning Montesito shahridagi uyda qolgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shahzoda Garri farzandlarining kelajagidan xavotirda ekanini bildirdi