21:00 / 28.09.2024
52

AQSH Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi

AQSH Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
Foto: X / SecBlinken
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Markaziy Osiyo davlatlari vakillari bilan uchrashib, S5+1 platformasi doirasidagi taraqqiyot va hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi. Davlat kotibi bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Blinken Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyo mustaqilligi, farovonligi va xavfsizligini saqlashga qaratilgan umumiy maqsadlarga erishish uchun mintaqa davlatlari bilan hamkorlik qilish tarafdori ekanini ta’kidladi.

«S5+1 platformasi Markaziy Osiyoning beshta davlati — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni hamda Qo‘shma Shtatlarni umumiy muammolarni hal qilish va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun birlashtiradi», deb yozdi Blinken.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi