Ukraina armiyasi Xerson viloyatining chap qirg‘og‘idan ortga surildi va Dnepr deltasidagi eng yirik orollardan butunlay chiqarib yuborildi, dedi Xerson viloyati gubernatori Vladimir Saldo RIA Novostiga bergan intervyusida.
“Dushman orollarning eng kattasidan chiqarib yuborildi. Endi dushmanning chap qirg‘oqda platsdarmlar yaratishga imkoni yo‘q”, - dedi u.
Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, Xerson yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlari o‘z faolligini biroz pasaytirgan, kichik guruhlar esa deltada harakat qilishda davom etmoqda.
“Endi Dnepr yoki Qora dengiz qirg‘oqlarida katta provokatsiyalar sodir bo‘lish ehtimoli bir-ikki oy oldingiga qaraganda pastroq. Bizning askarlar hushyorlikni yo‘qotmaydi va doimiy jangovar tayyorgarlikda”, - dedi Saldo.
2022 yil sentyabr oyida o‘tkazilgan referendumda ishtirokchilarning 87,05 foizi Rossiya tarkibiga qo‘shilish uchun ovoz berganidan so‘ng Xerson viloyati Rossiya hududiga aylandi. Kiyev rejimi buning qonuniyligini tan olmaydi va hududni o‘qqa tutishda davom etmoqda. Hozir Rossiya armiyasi Xerson viloyatining 75 foizini nazorat qilmoqda, Ukraina Qurolli kuchlari Dneprning o‘ng qirg‘og‘ini, shu jumladan Xerson shahrini ushlab turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi