Foto: Cfoto/Zuma Press
Apple korporatsiyasi ChatGPT'ni yaratgan OpenAI kompaniyasini moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralardan chiqdi, deb xabar beradi The Wall Street Journal.
Nashrning qayd etishicha, Apple boshqa yirik yuqori texnologiyali kompaniyaga moliyaviy sarmoya kiritish imkoniyatini muhokama qilgani — bu kamdan kam uchraydigan holat hisoblanadi.
OpenAI'ni oldingidek Kremniy vodiysining boshqa yirik kompaniyalari — Microsoft va Nvidia, shuningdek, Thrive Capital venchur kompaniyasi, Tiger Global Management investitsiya va BAA hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan MGX kompaniyalari moliyalashtirish niyatida.
Thrive Capital ChatGPT ixtirochisiga 1 milliard dollarga yaqin sarmoya kiritmoqchi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Microsoft ham xuddi shuncha mablag‘ ajratmoqchi — bunga qadar OpenAI ushbu kompaniyadan 13 milliard dollar olgan.
OpenAI'ni moliyalashtirishning navbatdagi raundida 6,5 milliard dollargacha mablag‘ jalb etish reja qilingan.
Iyun oyida Apple kompaniyasi OpenAI bilan ChatGPT'dan o‘zining sun’iy intellekt dasturlarida foydalanishga kelishib olgandi. Nvidia esa o‘z navbatida, eng zamonaviy chiplarini ishlab chiqarishga qaratilgan tadqiqot loyihalari doirasida OpenAI bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi