97
Frontdagi vaziyat: Rossiya armiyasi Ukrainaning muhim qal’asi — Vuhledarni deyarli to‘liq qurshab oldi
Vlada Liberova / Libkos / Getty Images
Ukraina qurolli kuchlarining Donbass janubidagi «qal’a-shahri» — Vuhledar boshqa yo‘nalishlardagi voqealarni soyada qoldirdi. Shu bilan birga, Vuhledar uchun janglar taqdiri hal bo‘lgandek ko‘rinayotgan bo‘lsa (shahar deyarli qurshovda; uning oxirgi himoyachilari yagona yo‘l bo‘ylab chekinishi uchun hali ham imkon bor, ammo ularga endi ta’minot yetkazib berib bo‘lmaydi), Pokrovsk, Selidove, Toretsk va Kupyansk hududlarida Ukraina qurolli kuchlari uchun yangi inqirozlar yuzaga kelmoqda va bu qo‘mondonlik reaksiyasini talab etadi. Bu vaqtda Ukraina armiyasi ham o‘z yurish amaliyotlarini o‘tkazmoqda — Xarkiv oblastidagi Vovchansk shahrida va Rossiyaning Kursk oblastida Glushkovo yo‘nalishida.
Vuhledar
Rossiya qo‘shini Vuhledarga shimoli-sharqdan yetib kelib, uning chekkalaridagi ko‘p qavatli binolar joylashgan hududga kirishga erishdi. Shahar ichkarisidagi vaziyat noaniq (u yerda qolgan mudofaachilar soni ham). Ammo uning atrofida Ukraina qurolli kuchlari uchun tahdidli vaziyat yuzaga kelmoqda.
RF qurolli kuchlari shaharga g‘arbdan ham yaqinlashib kelgan — yaqinda egallab olingan Prechistovka posyolkasi tomondan — bu orqali shahardagi garnizon ta’minotdan uzib qo‘yilgan.
Endilikda Ukraina qurolli kuchlari mazkur hududda foydalanishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘l (Vuhledar — Bogoyavlenka) ham to‘xtovsiz ravishda dronlar va artilleriya zarbalariga uchramoqda (RF qurolli kuchlari bu yo‘l bo‘ylab harakatlanuvchi nishonlarga yaqin masofadan turib tankka qarshi raketalar ham hujum uyushtirishi mumkin, bunda ko‘rish sharoiti yaxshi bo‘lishi talab etiladi).
Ukraina qurolli kuchlarining asosiy kuchlari allaqachon shahardan ancha olis ketishgan — ular ancha oldinroq RF qurolli kuchlari egallab olgan «Yujnodobasskaya-3» konlaridan g‘arbroqda va Novoukrainka hududidagi pozitsiyalarga o‘rnashgan.
Katta ehtimol bilan, Vuhledar ichkarisida qolgan garnizon, agar shaharni tark etishga qaror qilsa, shimoli-g‘arb tomon janglar bilan chekinishiga to‘g‘ri keladi.
Ukrainalik harbiy ekspertlar Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligini garnizonni evakuatsiya qilishni kechiktirmaslikka chaqirmoqda. Ammo hozircha qo‘mondonlik noma’lum sababga ko‘ra qariyb uch yildan buyon Vuhledarni mudofaa qilib kelgan 72-mexanizatsiyalashgan brigada rahbariyatini o‘zgartirishga qaror qildi.
Selidove — Kuraxovo
Vuhledar guruhi ortida ham inqiroz yetilmoqda. Rossiya qo‘shini yirik Selidove shahrini ro‘paradan shturm qilmaslikka qaror qildi va uni janubdan aylanib o‘tdi. RF qurolli kuchlari Ukrainskni egallagan va endi qo‘shni Gornyak va Sukurino posyolkalari uchun jang olib borilmoqda.
Mazkur uchastkada muvaffaqiyatga erishsa, RF qurolli kuchlari Kuraxovo suv omborining g‘arbiy chekkasiga yetib boradi hamda Kuraxovo shahrining o‘ziga tahdid sola boshlaydi — bu Donbass frontining janubiy uchastkasidagi asosiy ta’minot bazasi hisoblanadi. Shu bilan birga, boshqa bir guruh allaqachon suv omborining sharqiy chekkasiga yaqinlashib qolgan.
Pokrovsk
Bir necha haftalik operativ pauzadan keyin RF qurolli kuchlari Pokrovsk va uning yo‘ldosh shahri tomon hujumni qaytadan boshladi. Novogrodovka va Grodovkaning katta qismi egallanganidan keyin Rossiya qo‘shini ularning oralig‘idagi qishloqlar va posyolkalarni egallashga harakat qilmoqda.
RF qurolli kuchlarining ilg‘or bo‘linmalarini Mikolayivka atrofida ko‘rishgan. Bu qishloqdan keyin Pokrovsk chekkalari va Pokrovsk aglomeratsiyasi markazi hisoblangan Mirnograd boshlanadi.
Toretsk
Rossiya qo‘shini Toretsk markazi tomon asta-sekinlik bilan siljishda davom etmoqda, bu yerda ko‘p qavatli binolardan iborat kvartallar uchun janglar ketmoqda.
Ukraina qurolli kuchlari shahar markazini muvaffaqiyat bilan himoya qilgani behuda ketishi mumkin: Rossiya qo‘shini Toretskka g‘arbdan, Nyu York posyolkasi tomondan ham kirib keldi. Katta ehtimol bilan, Toretsk mudofaasi yana bir yo‘nalishdan qilinadigan hujumga bardosh bera olmaydi.
Kupyansk
RF qurolli kuchlari Kupyansk hududida ko‘p oylardan buyon olib borilayotgan yurishning birlamchi maqsadiga erishdi. Ilg‘or bo‘linmalar Oskol daryosi, uni kechib o‘tish nuqtalari, shuningdek Oskolning sharqiy sohili bo‘ylab o‘tadigan va Ukrainaning sharqiy guruhi hamda Kupyansk janubidagi guruhlarini o‘zaro bog‘lovchi yo‘lga ikki-uch kilometr masofada yaqinlashgan.
RF qurolli kuchlari Oskol bo‘yiga yetib borsa, Ukraina qurolli kuchlari ta’minotida qiyin vaziyat yuzaga keladi, ammo bu muqarrar halokat degani emas: ukrainlarda sharqiy sohilda bir emas, balki bir necha tarqoq joylashgan platsdarmlar mudofaasini tashkil etish uchun ham kuch va vaqt yetarli (biri Kupyanskda, boshqalari — Borovayada). Katta ehtimol bilan, Ukraina qurolli kuchlari mazkur sektorga u qadar e’tibor bilan qaramayotganining sababi ham shunda.
Rossiya qo‘shini janubroqda — Makiyivka va Nevskiy hududida ham oldinga siljishga harakat qilmoqda — ammo bu yerdan Oskolgacha hali uzoq.
Vovchansk va Kursk oblasti
Ukraina qurolli kuchlari ko‘p oylik janglardan keyin RF qurolli kuchlari bo‘linmalarini Vovchansk agregat zavodi binolari majmuasidan siqib chiqardi. Bu shahar markazida, Volchya daryosining shimoliy sohilidagi ukrain kuchlari ta’minotini yengillashtirishi mumkin — zavod Ukraina qurolli kuchlari ta’minot yetkazish uchun foydalanadigan kechuv joyi yaqinida joylashgan.
Ammo Ukraina qurolli kuchlari shaharda yirik kuchlarni ushlab turganiga qaramay, yaqin vaqtlarda Vovchansk to‘liq ozod etilishi dargumon.
Ukrainaning kuchli guruhi Kursk oblastida harakatlanishda davom etmoqda. Ammo Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Sudjaga g‘arb tomondan yurishini to‘xtatgan bo‘lsa-da, yurish amaliyotlari sust kechmoqda: sentyabr oyida Glushkovo rayoni markazi tomon hujum qilish uchun chegara orqali o‘tkazilgan ukrain brigadalari so‘nggi haftalar davomida Veseloye qishlog‘i atrofida oldinga siljiy olmadi, bu yerda Rossiya qo‘mondonligi (Sudja tomon asosiy zarba yo‘nalishidan olib kelingan kuchlar hisobiga) mustahkam mudofaa tashkil etgan. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?