08:26 / 30.09.2024
29

Mark Sukerbergning boyligi 6 baravar oshdi

Mark Sukerbergning boyligi 6 baravar oshdi
Foto: Getty Images
Meta asoschisi Mark Sukerbergning boyligi Metaverse ishga tushirilganidan keyin olti baravarga ko‘payib, ilk bor 200 milliard dollardan oshdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Bloomberg reytingiga ko‘ra, Sukerberg Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask, Amazon asoschisi Jeff Bezos va LVMH guruhi egasi Bernar Arnodan keyin dunyodagi 500 nafar eng boy odamlar ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarildi. Biznesmenning boyligi asosan Meta Platforms Inc. aksiyalari rekord darajadagi qimmatlashuvi tufayli oshgan. Natijada Sukerbergning sof aktivlari qiymati 2 yil ichida deyarli olti barobarga o‘sgan.

2024 yil boshidan beri Meta Platforms Inc. aksiyalarining qiymati o‘tgan yilga nisbatan 60 foizga oshgan. 28 sentyabr kuni ular har bir aksiya uchun rekord 568,95 dollarga savdoga qo‘yilgan.

Sukerberg kompaniya aksiyalarining 13 foiziga ega va shu sababli uning boyligi 1 yanvardan boshlab 73,4 milliard dollarga ko‘paydi.

Sukerbergning Metaverse yaratish rejalari dastlab aksiyalar narxining keskin pasayishiga sabab bo‘lgan. O‘sha paytda milliarder o‘z kapitalining taxminan 100 milliard dollarini yo‘qotish xavfi ostida edi. Metaverse'ni ishlab chiqish boshlanganida tadbirkorning kompaniyasi katta sarmoya kiritdi, shu jumladan, immersiv kontentni rivojlantirishga ham.

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asosida metaolamning yaratilishi 2021 yil iyul oyida e’lon qilingandi. O‘sha yilning oktyabr oyida Instagram, WhatsApp va boshqa xizmatlarga egalik qiluvchi Facebook Inc. nomi Meta'ga o‘zgartirildi.

Metaolam deganda raqamli olamlar to‘plami tushuniladi. Gap virtual (VR) va kengaytirilgan (AR) reallik texnologiyalaridan foydalanadigan mahsulot haqida ketmoqda. Sukerbergning prognoziga ko‘ra, uni ishlab chiqish besh-o‘n yil davom etishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mark Sukerbergning boyligi 6 baravar oshdi