Foto: Getty Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning yadroviy tahdidlariga javob qaytardi. Bu haqda siyosatchi telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, hech kim Rossiya prezidentining miyasida nima borligini bilmaydi.
"U istalgan vaqtda, istalgan davlatga qarshi yadro qurolini ishlatishi mumkin. Uning buni qilishiga ishonchim komil emas. Men sizga o‘z fikrlarimni aytyapman, lekin xudoga shukurki, men Putin emasman. Aniq bilolmayman, chunki u doim ham o‘zini adekvat tutmaydi. Har qanday adekvat odam shunchaki Ukrainaga kelib, u qilgan ishlarni qilmaydi", deya ta’kidladi siyosatchi.
Ukraina prezidenti Rossiya rahbari “boshqalarning hayotini boshqarish”ni ham yaxshi ko‘rishini aytdi.
"Aynan shuning uchun ham u yadroviy quroldan foydalanishdan qo‘rqishi kerak, deb o‘ylayman", deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Putinning yadroviy tahdidi
Rossiya prezidenti oddiy qurol bilan “kritik tahdid” ham yadroviy quroldan foydalanishga sabab bo‘lishini aytdi. U yadroviy doktrinaning o‘zgarishini istisno qilmadi. Shu bilan birga, hozirda yadroviy quroldan foydalanish haqida “hatto o‘ylash”ning hojati yo‘qligini aytdi.
Putinga ko‘ra, yangilangan yadro doktrinasi loyihasida yadroviy tiyib turish siyosati olib boriladigan davlatlar va harbiy ittifoqlar toifasi kengaytiriladi.
"Rossiya tomon havo-kosmik hujum vositalarining yo‘lga qo‘yilgani to‘g‘risidagi ishonchli axborot yadroviy javobni keltirib chiqarishi muqarrar. Rossiya Belarusga nisbatan tajovuz sodir etilgan taqdirda ham yadro qurolidan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi", dedi Kreml rahbari.
Rossiya chegarani kesib o‘tishda raketa va dronlarning ommaviy uchirilishi haqidagi ishonchli ma’lumotlardan keyin yadro qurolidan foydalanish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi