Agar NATO davlatlari Belarusga hujum qilishga qaror qilsalar, Minsk Rossiya bilan kelishuv asosida mamlakatda joylashtirilgan yadro qurolidan foydalanadi. Bu haqda Belorus davlati prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.
«Ular bizga hujum qilishlari bilanoq, biz yadro qurolidan foydalanamiz», - deydi Lukashenko.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqinda yadroviy doktrinani o‘zgartirishga bag‘ishlangan nutqida Belarus o‘z mudofaasi uchun yadro qurolidan foydalanishi mumkinligini tasdiqlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha va Amerika harbiylari allaqachon Belarus bilan chegarada turishgan va Polsha rasmiylari «qo‘llarini ishqalab» hujum qilish vaqtini kutishmoqda.
«Shuning uchun Rossiya o‘zining butun yadro arsenalidan foydalanadi. Va bu allaqachon jahon urushi deganidir. G‘arb ham buni xohlamaydi, albatta. Ular bunga tayyor emas. Lekin biz ularga ochiq aytamiz: qizil chiziq - davlat chegarasi. Agar siz unga qadam qo‘ysangiz, javob darhol bo‘ladi», – deb ta’kidladi Belarus prezidenti.
Ma’lumot uchun, SSSRning parchalanishidan keyin Belarus yadroviy arsenaldan voz kechgan va 1993 yilda yadro quroliga ega bo‘lmagan davlat sifatida Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilgan edi.
Biroq, 2023 yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus hududida Rossiyaning taktik yadroviy qurollarini joylashtirish rejasini e’lon qildi. Buni esa AQSHning Yevropa mamlakatlarida qurollarini joylashtirish siyosati bilan izohladi. O‘sha yilning iyun oyi o‘rtalarida esa respublikaga birinchi yadroviy zaryadlar keltirildi.
2024 yil yozining boshiga kelib, Belarus harbiylari strategik bo‘lmagan yadroviy qurollardan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini yakunladi.
25 sentyabr kuni Putin Rossiya Xavfsizlik kengashining yadroviy to‘siq bo‘yicha yig‘ilishida Rossiya yadro qurolidan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qolishini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”