Foto: AFP
Iroqda 1 oktyabr, seshanba kuni ertalab Bag‘dod aeroporti yaqinida joylashgan AQSHning Victory harbiy bazasi uchta raketa hujumiga uchradi. Bu haqda xavfsizlik doiralaridagi manbalarga tayanib, AFP agentligi xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshlaridan birining aytishicha, ikkita raketa bazaning mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan, uchinchisi esa terrorizmga qarshi kurash qo‘mondonligi shtab-kvartirasi yaqinida qulagan. Yana bir manba bu ma’lumotni tasdiqlab, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagani va raketalar aviatsiya harakatiga ta’sir qilmaganiga aniqlik kiritdi.
AFP ta’kidlaganidek, 2023 yil 7 oktyabrda Hamas tashkiloti Isroilga hujum qilganidan so‘ng boshlangan Yaqin Sharqdagi mojaroning keskinlashuvining yangi bosqichi fonida Iroqdagi AQSH kuchlari tomonidan foydalaniladigan bazalarga hujumlar ko‘paydi.
Ayni paytda Iroqda 2500 ga yaqin amerikalik askar joylashgan, yana 900 nafar amerikalik harbiy esa Suriyada xizmat qilmoqda.
AQSH boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
AQSH boshchiligidagi ISHIDga qarshi kurashayotgan xalqaro koalitsiya Iroqdagi missiyasini bir yildan keyin yakunlaydi. Vashington va Bog‘dod bir necha oy davom etgan muzokaralardan keyin bu borada kelishuvga erishdi. Iroqdagi koalitsiya qo‘shinlarining missiyasi uzog‘i bilan 2025 yil sentyabr oxirida yakunlanadi.
Amerikalik yuqori martabali vakilning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar ikki bosqichli o‘tish rejasini kelishib olgan. Birinchi bosqichda — 2025 yil sentyabrga qadar «Iroqning ma’lum bazalaridagi» koalitsiya qo‘shinlari faoliyati to‘xtatiladi. Shu bilan birga, Suriyada ISHIDga qarshi kurash davom etadi — ikkinchi bosqichda koalitsiya qo‘shinlariga Suriyada maxsus operatsiyalarni o‘tkazish uchun 2026 yil sentyabrga qadar Iroq hududidan foydalanishga ruxsat beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?