Foto: AP
Jahon banki 2021 yil avgust oyidan boshlab, Afg‘onistonda “Tolibon” harakati hokimiyatga kelganidan beri mazkur davlatga 1,7 milliard dollar miqdorida yordam ajratdi.
Xalqaro moliya instituti vakillari Afg‘onistondagi asosiy loyihalar aholi turmush farovonligi, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat xavfsizligi, inson huquqlarini kengaytirish bilan bog‘liq ekanini ta’kidlagan.
Tashkilot hisobotida, shuningdek, davlat hokimiyati organlariga ko‘mak berishda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlangan. Tahlilchilar fikricha, bu tendensiya afg‘on oilalari farovonligining iqtisodiy o‘sishiga, qashshoqlik va ishsizlikning qisqarishiga olib keladi.
O‘z navbatida, “Tolibon” Iqtisodiyot vazirligi Jahon banki qator loyihalarni yakunlamaganini ta’kidlab, tashkilotni bu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan. Vazirlik vakili Abdul Rahmon Habibning aniqlik kiritishicha, gap IT infratuzilmasi, telekommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi sohalardagi loyihalar haqida bormoqda.
“Bu yo‘nalishda moliyalashtirishning qayta yo‘lga qo‘yilishi qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va butun mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlash imkonini beradi”, deya ta’kidlagan afg‘on rasmiysi.
Qayd etilishicha, Tolibon Afg‘onistonda hokimiyatni o‘rnatgach, ko‘plab xalqaro tashkilotlar, jumladan, Jahon banki ushbu davlatga yordam miqdorini qisqartirgan.
Bunday xatti-harakatlarning sabablaridan biri ayollar va qizlar huquqlarining poymol etilishidir. Avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham bu jihatga alohida to‘xtalib, “Tolibon”ni ayollarga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarni zudlik bilan bekor qilishga chaqirgan edi.
Avstraliya, Kanada, Germaniya va Niderlandiya Gaagadagi Xalqaro sudga ayollarni kamsitishda davom etayotgan afg‘on rasmiylariga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilish niyatida ekanligini bildirgan. Bunga javoban “Tolibon” vakillari o‘zlariga qarshi da’volarni rad etib, mamlakatda barcha fuqarolar, ayniqsa, qizlar va ayollar huquqlari hurmat qilinishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?