Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF Xavfsizlik kengashi a’zolari sonini 35 kishiga yetkazdi. Tegishli farmon 30 sentyabr, dushanba kuni normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashri saytida e’lon qilindi. Xavfsizlik kengashining yangi a’zolari bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Denis Manturov va Putinning sobiq qo‘riqchisi, endi esa uning yordamchisi va Rossiya Federatsiyasi Davlat kengashi kotibi Aleksey Dyumin bo‘ldi.
Bundan tashqari, Xavfsizlik kengashi tarkibiga prezidentning Maxsus dasturlari bosh boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Lines, shuningdek, Federal tibbiy-biologiya agentligi rahbari, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova kirdi. Shu bilan birga, sentyabr oyida Federatsiya kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan «Yagona Rossiya» partiyasi bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Vladimir Yakushev Xavfsizlik kengashi tarkibidan chiqarildi.
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashining raisi — Vladimir Putin, uning o‘rinbosari — Dmitriy Medvedev. Organning vazifalariga milliy xavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat siyosatini shakllantirish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish kiradi. Kengashning doimiy a’zolari orasida asosiy ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyat rahbarlari bor. 2024 yilning may oyidan beri Xavfsizlik kengashi kotibi - Rossiyaning sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoygu. Undan avvalgi kotib Nikolay Patrushev Putinning yordamchisi lavozimiga tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari