Foto: Nicholas Strasburg/UsCoast/ZUMA Press Wire/IMAGO
AQSHning janubi-sharqida sodir bo‘lgan «Helen» to‘foni 600 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilmoqda Vashington. 30 sentyabr, dushanba kuni AQSH ichki xavfsizlik vazirligi maslahatchisi Liz Shervud-Rendal shunday dedi: «Bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, to‘fon 600 kishining hayotiga zomin bo‘lgan bo‘lishi mumkin». Rasmiyning ta’kidlashicha, qurbonlar soni haqida yakuniy tasdiq hali yo‘q.
Reuters xabariga ko‘ra, tabiiy ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rgan Florida, Jorjiya, Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlarida, shuningdek, Tennessi va Virjiniyada «Helen» to‘foni tufayli jami yuzdan ortiq odam halok bo‘lgan. Agentlik qayd etishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin.
PowerOutage.us monitoring resursiga ko‘ra, 30 sentyabrga qadar Florida, Jorjiya, Janubiy va Shimoliy Karolina hamda Virjiniya shtatlarining 2 milliondan ortiq aholisi elektr ta’minotisiz qolgan.
«Helen» AQSH janubi-sharqida «halokatli, tarixiy suv toshqini»ga sabab bo‘ldi
AQSH Milliy to‘fonlar markazi (NHC) ma’lum qilishicha, «Helen» to‘foni Qo‘shma Shtatlar janubi-sharqida «halokatli, tarixiy suv toshqini»ga sabab bo‘ldi. Florida, Jorjiya, Janubiy Karolina, Tennessi va boshqa shtatlar «Helen» tufayli yuzaga kelgan vayronagarchilikdan ayniqsa jabr ko‘rgan. AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris shunday ogohlantirish bilan chiqdi: «To‘fon xavfli va halokatli bo‘lib qolmoqda, qurbonlar va suv toshqini xavfi hamon yuqori darajada».
«Helen» to‘foni 26 sentyabr kuni Floridaga yopirildi, so‘ng qo‘shni shtatlarga ko‘chdi. Shamol tezligi soatiga 225 kilometrgacha yetdi va to‘fon to‘rtinchi toifaga («o‘ta xavfli») kiritildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?