Foto: Hummam Sheikh Ali/Xinhua/picture alliance
Isroilning Livanda «Hizbulloh» harakatiga qarshi harbiy amaliyoti boshlanganidan beri yuz mingga yaqin odam mamlakatdan qo‘shni Suriyaga qochib o‘tgan. Bu haqda 30 sentyabr, dushanba kuni BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi ma’lum qildi.
Grundining so‘zlariga ko‘ra, chegaraga kelayotgan odamlar oqimi to‘xtamagan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi qo‘shimcha qilishicha, BMT xodimlari Suriya chegarasidagi to‘rtta nazorat-o‘tkazish punktida yangi kelganlarga yordam berish uchun mahalliy hokimiyat va Qizil Yarim oy xodimlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Aniqlik kiritilishicha, qochqinlarning 60 foizga yaqini suriyaliklar, qolgan 40 foizi livanliklardir.
Avvalroq Livan bosh vaziri Najib Mikati Isroilning mamlakat bo‘ylab yirik havo hujumlari boshlanganidan so‘ng, uylarini tashlab ketganlar soni bir millionga yaqinlashganini aytgan edi. U buni «Livan tarixidagi odamlarning eng katta ko‘chishi» deb atadi.
Isroil Livan janubida «Hizbulloh»ga qarshi operatsiya boshladi
Isroil Livan janubidagi chegara hududida «Hizbulloh» guruhi nishonlariga qarshi «cheklangan, mahalliylashtirilgan va maqsadli reydlar» boshladi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 1 oktyabrga o‘tar kechasi bayonot berdi.
Bayonotda, Isroil havo kuchlari va SAHAL artilleriyasi hududdagi harbiy nishonlarga «aniq zarbalar» berib, Isroil quruqlikdagi kuchlarini qo‘llab-quvvatlayotgani aytiladi. «Shimol o‘qlari» operatsiyasi mavjud vaziyatni baholashga muvofiq va G‘azo sektori va boshqa hududlardagi janglar bilan parallel ravishda davom etadi, deya ta’kidlaydi SAHAL.
Dushanba kuni kechqurun Al Arabiya va Al Hadath telekanallari Isroil tanklari Rmeysh qishlog‘i hududida joylashgani haqida xabar berishdi. Bundan oldin Isroilning zirhli texnikalari artilleriya va aviatsiya niqobi ostida Livanning chegara hududlariga kirib kelgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi