Foto: Telegram
Isroil mudofaa armiyasi 30 sentyabr kuni tunda Livan bilan chegarada quruqlikdagi operatsiya boshlanganini ma’lum qildi.
Yahudiy armiyasi bayonotiga ko‘ra, Livan janubidagi chegara zonasidagi “Hizbulloh” guruhining obyektlariga qaratilgan “cheklangan operatsiya” boshlangan.
"Bir necha soat oldin Isroil mudofaa armiyasi aniq razvedka ma’lumotlari asosida Livanning janubidagi “Hizbulloh” obyektlari va infratuzilmasiga qarshi cheklangan, mahalliylashtirilgan va maqsadli quruqlikdan reydlarini boshladi. Ushbu nishonlar chegara yaqinidagi qishloqlarda joylashgan va Isroil shimolidagi Isroil jamoalariga bevosita tahdid soladi", deyiladi bayonotda.
Harbiylar Isroil harbiy-havo kuchlari va artilleriya ushbu hududdagi harbiy nishonlarga aniq zarbalar berib, quruqlikdagi qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlayotganini bildirdi.
Axios portali Isroil rasmiylariga tayanib ma’lum qilishicha, hukumat yig‘ilishida ma’qullangan Livan bilan chegaradagi operatsiya ham vaqt, ham ko‘lam jihatidan cheklangan bo‘ladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, u Livanning janubiy hududlarini bosib olishga qaratilgan emas.
Bundan tashqari Isroil Sayda shahridagi falastinlik qochqinlar lageriga ham zarba bergani, kamida 5 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Italiya klubi yangi bosh murabbiyni bir kunda haydab yubordi...
"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag‘lub etdi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi