33
Oq uy vakili: “Eron yaqin orada Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilishga tayyorlanmoqda”
Foto: AP
Eron yaqin orada Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilishga, AQSH esa Isroilga hujumni qaytarishda yordam berishga tayyorlanmoqda. Bu haqda AQSH prezidenti ma’muriyati vakili shaxsini oshkor etmaslik sharti bilan matbuotga ma’lum qildi.
Oq uy matbuot kotibining bayonoti bir nechta agentliklar va boshqa ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatildi.
“AQSH Eron yaqin orada Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilishga tayyorlanayotgani haqida ma’lumotga ega. Biz Isroilni ushbu hujumdan himoya qilish uchun mudofaa tayyorgarliklarini faol qo‘llab-quvvatlaymiz. Eronning Isroilga to‘g‘ridan to‘g‘ri qurolli hujumi Eron uchun og‘ir oqibatlarga olib keladi”, deya rasmiyning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Amerikaning CBS telekanali.
Ko‘plab xalqaro kuzatuvchilar ta’kidlaganidek, Tehron shu paytgacha mintaqadagi asosiy ittifoqchilaridan biri – Livanning “Hizbulloh” guruhiga Isroil tomonidan berilgan zarbalarga va guruhning barcha yuqori martabali vakillarining yo‘q qilinishiga noodatiy vazminlik bilan javob qaytargan.
30 sentyabr dushanba kuni, bir necha kun davomida “Hizbulloh” nishonlariga raketa va bomba hujumlari uyushtirganidan so‘ng, Isroil armiyasi Livan janubida quruqlikdagi operatsiyani boshladi.
“Ushbu nishonlar chegara yaqinidagi qishloqlarda joylashgan va Isroil shimolidagi jamoalarga bevosita tahdid solayotgandi”, deyiladi Isroil armiyasi bayonotida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari