23:30 / 01.10.2024
13

Eron Isroilga qasos zarbasi berilganini e’lon qildi

Eron Isroilga qasos zarbasi berilganini e’lon qildi
Foto: AFP
Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Isroilga qasos zarbasi berilganini e’lon qildi.

Jumladan, HAMAS yetakchisi Ismoil Honiya, «Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrulloh va «Quds» kuchlari qo‘mondoni Abbos Nilforushan o‘ldirilganiga javoban Isroil hududiga raketa zarbasi berilgani ma’lum qilindi.

Shu bilan birga IIQK Isroilni javob zarbasini berishdan tiyilishga chaqirdi.

«Agar Isroil javob bersa, biz ularga ming marta qattiqroq zarba beramiz», deyiladi bayonotda.

1 oktyabr kuni kechqurun Eron Isroil hududiga yuzlab raketalarni uchirdi. Isroil Mudofaa kuchlari havo hujumiga qarshi tizim ishga tushirilganini e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Isroilga qasos zarbasi berilganini e’lon qildi
ePN