Foto: Azertag
Marokash avgust oyida sayyohlik sohasida chet el valyutasida misli ko‘rilmagan darajada ko‘p — $1,7 mlrd daromad oldi. Bu haqda Morocco World News xabar berdi.
Mamlakat turizm vazirligi daromad o‘tgan yilning avgustiga nisbatan 20 foizga oshganini ma’lum qildi.
«Ijobiy an’ana yil bo‘yi davom etib, 2024 yilning dastlabki 8 oyida yalpi daromad 7 foizga oshib, 76,4 mlrd dirhamgacha yetdi», — deyiladi vazirlik bayonotida.
Dollar ko‘rinishida mamlakat turizm sohasining 2024 yildagi daromadi 7,8 mlrd dollardan oshdi.
Ijobiy natijalarni izohlarkan, turizm vaziri Fotim-Zahro Ammor sayyohlik sohasi COVID-19 pandemiyasi inqirozidan chiqilgan paytdan buyon o‘sishda davom etayotganini aytdi.
Marokashga avgustda 1,8 mln, yil boshidan buyon qariyb 12 mln xorijlik sayyoh tashrif buyurdi.
Ammo bu chegara emas, Marokash 2026 yilda chet ellik 17,5 milliondan ortiq sayyohni mamlakatga jalb qilmoqchi.
Marokash, sayyohlik sohasi, chet el valyutasi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz