Foto: Reuters
Singapur sobiq vaziri S. Ishvaran bir yilga qamaldi, deb xabar berdi Sky News. Ishvaran qiymati 230 ming funt sterlingdan oshuvchi sovg‘alar, xususan, Premer-liga o‘yinlari va Vest-Enddagi myuzikllarga chiptalarni pora sifatida qabul qilgan.
Singapur Vazirlar mahkamasida 13 yil davomida faoliyat yuritgan Ishvaran savdo, aloqa va transport vazirliklarini boshqargan.
U o‘ziga qo‘yilgan beshta ayblov bandi bo‘yicha iqror bo‘ldi: to‘rttasi xizmat vazifasini suiiste’mol qilgan holda sovg‘alar qabul qilish va bittasi adolatli qonun ijro etilishiga to‘sqinlik qilish.
62 yoshli sobiq vazir tadbirkorlardan qabul qilgan sovg‘alardan yana xususiy samolyotda parvozlar, qimmatbaho Brompton velosipedi va Singapurdagi «Formula-1» Gran-prisi chiptalarini sanab o‘tish mumkin.
Ushbu ish mamlakatni larzaga soldi, negaki Transparency International korrupsiyani baholash indeksida Singapur korrupsiyadan eng xoli mamlakatlar qatorida turadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi