
Argentina Malvin (Folklend) orollari ustidan to‘liq suverenitetni tiklamoqchi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Diana Mondino bayonot berdi.
Argentinaliklar Malvin orollari, britaniyaliklar Folklend orollari deb atovchi ushbu arxipelag uzoq yillardan buyon ko‘p talash bo‘lgan, qonli janglar kechgan. Orollar uchun 1982 yilda kechgan jangda Buyuk Britaniyaning qo‘li baland kelgan.
2013 yilda o‘tkazilgan referendumda orolliklar Britaniya dengizorti hududi maqomi saqlanib qolishi uchun ovoz bergan.
Folklend (Malvin) orollari Atlantika okeani janubida, Argentina yaqinida joylashgan arxipelag. Yuzlab tepaliklardan iborat orollarni asosan qushlar maskan qilgan. Orolda yashovchilarning ko‘pchiligi qo‘y boqish bilan shug‘ullanadi.
Maydoni — 12,1 ming kv km. Aholisi — 3,6 ming kishi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar