Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ayni paytda Vladimir Putin va AQSH prezidenti Jo Baydenning uchrashuvi uchun hech qanday shart-sharoit yo‘qligini aytdi.
Matbuot kotibidan G20 va ATЕS sammitlari doirasida bunday uchrashuv bo‘lishi mumkinmi, degan savol berildi. Avvalroq Jo Bayden Rossiya prezidentining bu tadbirlarda qatnashmasligini aytgan edi.
«Bu haqda hech qanday suhbat bo‘lmagan. Ayni paytda hech qanday shartlar yo‘q, garchi prezident muloqotga ochiq qolishini bir necha bor ta’kidlagan. Sammitga safarga kelsak, hali qaror qabul qilingani yo‘q», — dedi janob Peskov.
ATЕS sammiti 15-16 noyabr kunlari Peru poytaxti Lima shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. G20 sammiti 18-19 noyabr kunlari Braziliyada, Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadi.
2023 yilda AQSH rasmiylari Jo Bayden va Vladimir Putin o‘rtasida aloqalar uchun shart-sharoit yo‘qligi haqida gapirgandi. Ular 2022 yilning fevral oyidan beri muloqot qilishmagan. Putin Taker Karlsonga bergan intervyusida aytganidek, ularning so‘nggi suhbati chog‘ida u Jo Baydenga Ukrainani qo‘llab-quvvatlash xato ekanligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar