Vegetarianlik va veganlik bolalar, homilador ayollar va surunkali kasalligi bor odamlar uchun juda xavflidir, dedi Moskva Sog‘liqni saqlash vazirligining Vidnovskiy klinik kasalxonasining gastroenterologi Lyudmila Suxorukova.
“Vegetarianlik va veganlik bolalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklarga chalinganlar uchun juda xavflidir. Agar bola yoshligidan vegetarian bo‘lsa, u normal rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha elementlarni olmagan bo‘lsa bu tanadagi muhim elementlarning yetishmasligiga olib keladi", - dedi Suxorukova.
Bunday holatda, gastroenterologning fikriga ko‘ra, tanada juda jiddiy buzilishlar yuzaga keladi, bu esa bola katta bo‘lganidan so‘ng o‘zini namoyon qiladi. Bularga surunkali va avtoimmun kasalliklar, kam vazn va ba’zi hollarda hatto bepushtlik kelib chiqishi mumkin.
Suxorukova o‘z farzandlarini vegetarian bo‘lishga o‘rgatayotgan ota-onalarga bolaning kelajakdagi salomatligi uchun bunday mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyormi yoki yo‘qligini o‘ylab ko‘rishni maslahat beradi.
Vegetarianlik homiladorlikka ham mos kelmaydi. Homilador ayolning tanasi sezilarli o‘zgarishlarga uchraydi. Xomilaning rivojlanishi ko‘plab "qurilish elementlari"ni talab qiladi: oqsil va xolesterin, ko‘plab yog‘lar va uglevodlar talab qilinadi, chunki homila hujayralari va organlari yaratiladi. Bundan tashqari, ayolning tanasi bolani tug‘ish uchun ko‘proq ozuqa moddalari, vitaminlar va mikroelementlarga muhtoj. Bir vaqtning o‘zida ikki kishiga zarar yetkazish xavfi ko‘p marta ortadi.
"Bundan tashqari, vegetarianlik voyaga yetgan odamga ham jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ayniqsa u odamda oshqozon osti bezi, yurak, buyrak yoki jigar kabi organlar bilan tug‘ma yoki orttirilgan surunkali kasalliklar mavjud bo‘lsa”, — deya qo‘shimcha qildi suhbatdosh.
Shifokorning eslashicha, aytilishi o‘xshash bo‘lishga qaramasdan veganlar va vegetarianlar diyetasi farq qiladi: birinchisi hayvonlardan olingan mahsulotlarni iste’mol qilmaydi, ikkinchisi esa tuxum, sut va asal iste’mol qilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar