13:33 / 06.10.2024
29

Isroil nishonlari: yadroviy markazlar, neft omborlari yoki oyatulloh?

Isroil nishonlari: yadroviy markazlar, neft omborlari yoki oyatulloh?
Isroil Yaqin Sharqda Eron ta’siridagi proksi guruhlarga zarbalar berdi. Tehron bunga javoban 1 oktyabr kuni Isroil tomon o‘nlab raketalar uchirdi, Tel-Aviv ham keskin javob berish haqidagi bayonotlar e’lon qildi. Isroilning nishonlari qaysi nuqtalar bo‘lishi mumkin va Eronning javobi avvalgisidan nimasi bilan farqli bo‘ldi? Siyosatshunos Bektosh Berdiyev mintaqadagi so‘nggi voqealar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Ko‘pchilik ekspertlar Eronning ilg‘or raketalarga ega emasligini va Isroilga zarba bera olmasligini ta’kidlar edi. Ammo Eron «Hizbulloh» va Hamas rahbarlari o‘ldirilishidan keyin o‘zini qattiq kamsitilgandek his qilgandi va butun dunyo hamjamiyatiga bu kabi holatlar javobsiz qolmasligini ko‘rsatish uchun ushbu raketa hujumlarini uyushtirdi», deyadi ekspert Bektosh Berdiyev.

U Eronning bu hujumi o‘ziga moyil kuchlarni bir qadar ruhlantirishini ham ko‘rsatib o‘tadi.

2024 yil aprel oyida ham Eron Isroilga havodan hujum uyushtirgandi. Aprel oyidagi va 1 oktyabr kungi hujumlar orasida qanday farq bo‘lishi mumkin?

Tahlilchi Eron oldingi hujumida dronlardan foydalangani, bu jarayon avvaldan e’lon qilingani, Isroil esa bunga tayyorgarlik ko‘rgani, bu safargi hujum esa ballistik raketalar bilan amalga oshirilganiga e’tibor qaratadi.

«Amerika razvedkasi Isroilni ballistik raketalar hujumidan ogohlantirgan edi. Va shunday hujum amalga oshirildi ham. Bu raketalar 1 daqiqada 200 kilometrdan ortiq masofaga ucha oladi, ularning og‘irligi 350-400 kilogrammgacha yetadi.

Va ularning yana bir xususiyati – nishonga yadro kallaklarini ham yetkaza oladi. Isroil uchib kelgan raketalar soni 200 dan ortiq bo‘lganini bildirdi, «Fattoh» va «Shahob-3» kabi raketalar shular jumlasidan.

Eng ahamiyatlisi, Isroilning «Temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimi ham bu raketalarning barchasini ushlab qola olmadi. Bu Eron raketalarining tezligi va hajmi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ham «Temir gumbaz» ularni to‘xtatib qola olmadi
», deydi u.

Isroil Eronga albatta javob berishini aytdi, Bektosh Berdiyevning fikriga ko‘ra, Isroil Eronning harbiy inshootlariga, Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy binolariga hamda oyatulloh Xominaiyning bosh qarorgohiga hujum uyushtirib, javob zarbasini berishi mumkin.

«Isroilning havodagi imkoniyatlari yuqori, agar raketalar bilan hujumga o‘tilsa, bu ballistik raketalar orqali amalga oshiriladi, shuningdek, F-35 samolyotlari aviabombalarni Iroq va Iordaniya ustidan Eronga yetkaza oladi.

Lekin Eronning hududi ancha katta bo‘lgani ham Isroil raketalar hujumini aniqlik bilan amalga oshirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Isroil Eronga ehtimoliy hujumini o‘zini himoya qilish bilan izohlashi ham mumkin. Va bu hujum Livan janubi, Suriya va Iroqqa ham ta’sirini o‘tkazishi aniq. Chunki Isroil Suriyadagi Eron uchun jangchilar tayyorlanadigan bazalarni bombardimon qilib kelmoqda. Shundan ham vaziyatning borishini bir qadar taxmin qilish mumkin
», degan tahlilchi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil nishonlari: yadroviy markazlar, neft omborlari yoki oyatulloh?