Foto: AFP/Getty Images
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp, agar qayta saylansa, ikkinchi muddati tugagunga qadar «amerikaliklar Marsga yetib boradi» deb va’da berdi. Bu haqda Tramp 5 oktyabr kuni avvalroq o‘ziga suiqasd uyushtirilgan Batlerdagi (Pensilvaniya) saylovoldi tashviqoti mitingida aytdi, deb yozdi Sky News.
Mitingda Tesla va SpaceX asoschisi, X ijtimoiy tarmog‘ining egasi Ilon Mask bir necha daqiqa sahnaga chiqdi. Tramp uni tanishtirar ekan, «so‘z erkinligini saqlab qolgani va ko‘plab ajoyib narsalarni yaratganini» aytdi. «Biz amerikalik astronavtlarni koinotga yuborishimiz mumkin bo‘lgan yagona sabab — Mask», dedi Tramp.
Trampning Batlerdagi mitingda qilgan nutqi an’anaviy bayonotlar va va’dalardan iborat bo‘ldi: «korrupsiyalashgan tizim» bilan kurashish, AQSH tashqi siyosatiga «hurmat»ni tiklash, Amerikaga jinoyatchilar kirib kelayotgan «ochiq chegaralar»ni yopish. U o‘z nutqini «Amerika orzusini qaytarish» va «har bir oilaga farovonlik» va’dasi bilan yakunladi.
AQSH prezidentlik saylovi 2024 yil 5 noyabrga belgilangan. 6 oktyabrdagi so‘rov natijalariga ko‘ra, Harris Trampdan 2,5 foiz punkt oldinda – 48,4 foizga nisbatan 45,9 foiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi