Foto: AP
Xitoy va Shimoliy Koreya yetakchilari diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 75 yilligini nishonlash chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga va’da berishdi. Bu haqda Pxenyan bayonotiga tayanib, Reuters xabar berdi.
Si Jinping Xitoy va KXDR o‘rtasidagi munosabatlarning «katta ahamiyatini» ta’kidlab, Pekin qo‘shnisi bilan munosabatlarda «yangi sahifa yozishga» tayyorligiga ishontirdi. O‘z navbatida Kim Chen In «yangi davr talab qilganidek» Xitoy bilan hamkorlikni rivojlantirishga «sobit intilishga» va’da berdi.
«Yangi davr» deganda aynan nimani nazarda tutayotgani aniqlanmagan. Biroq, Reuters axborot agentligining qayd etishicha, KXDR Janubiy Koreyaga bo‘lgan munosabatini chinakam fundamental qayta ko‘rib chiqishni boshlagan va bu ma’lum tashvishlarni keltirib chiqaradi.
Shimoliy Koreya konstitutsiyasini Janubiy Koreya bilan tinch yo‘l orqali birlashish maqsadini olib tashlash uchun qayta ko‘rib chiqishi kutilmoqda. Shuningdek, ikki Koreya o‘rtasidagi chegara maqomini qayta belgilash ko‘zda tutilgan. Pxenyan dushanba kuni tuzatishlarni muhokama qilish uchun parlament yig‘ilishini chaqiradi.
Mutaxassislarning fikricha, bularning barchasi yarimorolda keskinlikning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Yanvar oyida Kim Chen In konstitutsiyani o‘zgartirishga chaqirgan, Janubiy Koreyani «asosiy dushman» sifatida ko‘rsatilishini taklif qilgan edi. Shuningdek, Shimoliy Koreya agar urush boshlansa, Janubiy Koreyani «ishg‘ol qilish, bo‘ysundirish va qaytarishni» rejalashtirishi kerakligi aytildi.
Janubiy Koreya Gyungnam universitetining Shimoliy Koreya bo‘yicha professori Lim Yul-Chulning fikricha, Pxenyan yarimorolni kuch bilan birlashtirishga urinishda o‘zining yadroviy quroliga tayanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi