00:20 / 07.10.2024
32

Isroil prezidenti Yaqin Sharqda radikalizmga qarshi NATO analogini yaratishni taklif qildi

Isroil prezidenti Yaqin Sharqda radikalizmga qarshi NATO analogini yaratishni taklif qildi
Foto: CNN
Isroil prezidenti Itsxak Gersog «Al Arabiya» nashriga bergan intervyusida Yaqin Sharqdagi siyosiy kuchlarni Eronga qarshi birgalikda kurashishga va radikallarga qarshi kurashda NATO kabi ittifoq tuzishga chaqirdi.

«Gersog mintaqa aholisi va siyosiy kuchlariga, xususan, Eron va Livan xalqiga murojaat qilib, Eron va uning yo‘ldoshlariga qarshi birga turishga chaqirdi va bu erishish mumkin bo‘lgan maqsad ekaniga umid bildirdi», deyiladi telekanal xabarida.

«Agar qarshilik ko‘rsata olsak va birgalikda harakat qila olsak, albatta, biz yaxshiroq kelajakka va radikalizmga to‘siq bo‘ladigan NATO kabi tuzilma yaratilishiga ishonishimiz mumkin», dedi prezident.

Uning ta’kidlashicha, Yaqin Sharq xavfsizligiga haqiqiy tahdid Erondir. Gersog Isroilning Eronga qarshi javob rejasi ko‘rib chiqilayotganini eslatib o‘tdi, ammo mumkin bo‘lgan javob formati va vaqtini aniqlamadi.

Prezident, shuningdek, o‘tgan yil oktyabr oyida Hamas hujumidan keyingi Isroil harakatlarini himoya qildi va Isroil harbiylari xalqaro qonunlar va jangovar qoidalarga rioya qilganini aytdi. Bundan tashqari, u «Hizbulloh» harakati rahbari Hasan Nasrullohni yo‘q qilish operatsiyasini qo‘llab-quvvatladi va «Hizbulloh» Isroilga nisbatan «strategik ahamiyatga ega bo‘lgan narsani rejalashtirayotganini» tushuntirdi.

Bundan tashqari, Gersog Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning mamlakatlar Isroilga G‘azo sektorida jang qilish uchun ishlatadigan qurol turlarini bermasligi kerakligi haqidagi so‘zlari munosabati bilan hafsalasi pir bo‘lganini bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil prezidenti Yaqin Sharqda radikalizmga qarshi NATO analogini yaratishni taklif qildi