
Stokgolmda Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining Nobel qoʻmitasi fizika boʻyicha laureatlarni e'lon qildi.
2024 yilgi mukofot “sun'iy neyron tarmoqlari yordamida mashinaviy oʻrganishni ta'minlaydigan fundamental kashfiyotlar va ixtirolar uchun” Jon Hopfild va Jeffri Hintonga berilgan.

Laureatlar zamonaviy mashinali oʻqitishning asosi boʻlgan usullarni ishlab chiqishda fizika vositalaridan foydalangan. Jon Hopfild (AQShning Prinston universiteti) ma'lumotlardagi tasvirlar hamda boshqa turdagi shablonlarni saqlash va qayta tiklash imkonini beruvchi assotsiativ xotirani yaratgan.
Jeffri Hinton (Kanadaning Toronto universiteti) ma'lumotlardagi xususiyatlarni avtonom ravishda topa oladigan va shu tariqa tasvirlardagi ma'lum elementlarni identifikatsiya qilish kabi vazifalarni bajaradigan usulni ixtiro qilgan.
Laureatlarni taqdirlash marosimi Stokgolmda 10 dekabr kuni, Alfred Nobel vafot etgan kuni boʻlib oʻtadi. 2024 yilda mukofot miqdori 11 million shved kronasi yoki taxminan 1,06 million dollarni tashkil etadi. Pul mukofotidan tashqari, Shvetsiya qiroli sovrindorlarga medal va diplomlarni topshiradi.
9 oktyabrda kimyo, 10 oktyabrda adabiyot, 11 oktyabr kuni Osloda tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari nomi e'lon qilinadi. Shuningdek, 14 oktyabrda Shvetsiya banki tomonidan 1968 yilda ta'sis etilgan Alfred Nobel mukofotining iqtisod boʻyicha sovrindori ma'lum boʻladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar