125
Yangi Zelandiyada uch yil oldin farzandlari bilan uyidan qochib ketgan ota ilk bor koʻrinish berdi

Foto: BBC
Yangi Zelandiyada uch yil oldin farzandlari bilan yovvoyi gʻoyib boʻlgan ota ilk bor ommaga koʻrinish berdi, deb yozadi BBC.
Tom Fillips 2021 yil dekabrda rafiqasi bilan janjallashib qolganidan keyin Ember (8 yosh), Maverika (9 yosh) va Jaydu (11 yosh) ismli uch nafar farzandini olib, uydan chiqib ketgan. Politsiyaning taxminicha, u oroldagi Vaykato hududiga joylashgan — erkakning qaerda ekani haqida biror ma'lumot berganlarga 37,2 ming funt sterling va'da qilingan.
Oʻtgan hafta bir guruh oʻsmirlar oʻz telefonlariga noma'lum shaxslarni tasvirga olgan. Yangi Zelandiya OAVga koʻra, oʻsmirlar qidiruvda boʻlgan bolalarning biri bilan gaplashishgan. Ularning aytishicha, uzun soqol qoʻyib olgan Fillipsning yonida qurol boʻlgan, bolalar esa niqob taqqan holda harakatlangan.
Mamlakat politsiyasi ushbu ma'lumotni «ishonchli» deb atab, bolalarning qarindoshlari uchun bu yaxshi yangilik ekanini bildirdi.
Huquq-tartibot idoralarining ma'lum qilishicha, bolalar oxirgi uch yildan beri boshqa odamlar bilan muloqot qilmagan va hech qanaqa ta'lim olmagan. «Bizningchi, Tom va uning farzandlariga kimlardir yordam koʻrsatmoqda. Shu bois ushbu insonlarni bunday qilmaslikka, toʻgʻri yoʻl tutib, politsiyaga murojaat qilishga chaqiramiz», — deydi detektiv-inspektor Endryu Sonders.
Oʻtgan yili Fillipsni hibsga olishga order berilgan, u Shimoliy oroldagi kichik shaharda joylashgan bankni oʻmarishga aloqadorlikda gumonlangan. Politsiyaga koʻra, mazkur holatni oʻrganish davrida uning qurollangan sherigi ham boʻlgani aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar