
Foto: “Praym Kraym”
Kriminal doiralarda Lexa Semipalatinskiy nomi bilan tanilgan 66 yoshli qozogʻistonlik “qonundagi oʻgʻri” Aytkali Maymushev Rossiyadagi koloniyalardan birida osilgan holda topildi. Bu haqda “Praym Kraym” xabar berdi.
Maymushev jazoni Kareliya Respublikasining (Rossiya sub'ekti) Nadvoitsi qishlogʻidagi axloq tuzatish koloniyasida oʻtagan. U 2022 yil yanvar oyida Moskvadagi barlardan birida hibsga olingan. Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish chogʻida undan metadon moddasi topilgan.
Aytkali Maymushev Lexa Maymish, Lexa Semipalatinskiy va Titanik taxalluslari bilan kriminal doiralarda mashhur. U jazo muddatini Rossiya hududida oʻtayotgandi.
Maymushev 2023 yil yozda Moskva shahar sudi tomonidan 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. U “jinoyat ierarxiyasida yuqori lavozimni egallash” va giyohvand moddalar savdosida aybdor deb topilgandi. Sud 1997 yildan beri u Leningrad, Ivanovo, Moskva viloyatlari, Moskva, Sankt-Peterburg va Rossiyaning boshqa hududlarida “jinoiy faoliyatning turli sohalarini” nazorat qilganini aniqlagan.
Rossiya Qozog‘istonlik Qonundagi o‘g‘ri O‘lik holda Lexa Semipalatinskiy Aytkali Maymushev Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar