Foto: AFP
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp demokrat raqibi Kamala Harris bilan nima sababdan takroriy debat o‘tkazmasligini ma’lum qildi.
Uning tushuntirishicha, munozara o‘tkazish befoyda, chunki Harris AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden tanlagan yo‘lni davom ettirish niyatini e’lon qilgan.
“Kecha Kamala Jo Baydendan farqli tarzda harakat qilmasligini aniq aytdi, shuning uchun bahslashadigan hech narsa yo‘q”, deb yozdi Tramp Fox News kanalining 24 yoki 27 oktyabr kunlari munozara o‘tkazish taklifiga javoban. Uning qo‘shimcha qilishicha, “revansh bo‘lmaydi”, chunki “ovoz berish allaqachon boshlangan”.
Tramp va Harris o‘rtasidagi debatning birinchi raundi 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. CNN/SSRS so‘roviga ko‘ra, ro‘yxatga olingan saylovchilarning 63 foizi Harris g‘alaba qozonganini aytgan. Shu bilan birga, Tramp bu uning “eng yaxshi debati” ekanligini ma’lum qilgan.
Shundan so‘ng bir oz vaqt o‘tgach u ikkinchi bosqichdan voz kechganini aytib, bu tadbir Harris uchun o‘z mavqeyini yaxshilash uchun imkoniyat bo‘lishini ta’kidlagan. Kamala Harris ikkinchi bosqichga tayyor ekanini aytgan.
Amerikaning 47-prezidentini saylash uchun 5 noyabr kuni AQSH saylovlari bo‘lib o‘tadi. New York Times hisob-kitoblariga ko‘ra, demokrat o‘z raqibidan 2 foizga oldinda. Nashr respondentlarining yarmiga yaqini unga ovoz berishga tayyorligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi