Foto: Asia Pacific Press
Indoneziyada akula tutgan baliqchi uni odatiy ko‘rinishga ega bo‘lmagani uchun darhol so‘yishga qaror qildi va yirtqich ichidan odam qoldiqlarini topdi.
Keyinchalik aniqlanishicha, tana qoldiqlari amerikalik 68 yoshli sayyoh Kollin Montfortga tegishli bo‘lgan.
Michiganlik Montfort turmush o‘rtog‘i bilan Indoneziyaga yetti haftalik ta’tilga borgan. 26 sentyabr kuni er-xotin Hind okeaniga sho‘ng‘ishga qaror qilgan. Yo‘riqchi sayyohlar guruhini Alor arxipelagiga yaqin joylashgan plyajga olib borgan. G‘avvoslar yetti metrgacha chuqurlikka sho‘ng‘igan.
Ayol kuchli oqim sababli guruhdan ajralgan, qolganlarning hammasi qayiqqa qaytishga muvaffaq bo‘lgan. Montfort Kollin suvda g‘oyib bo‘lgan. Qutqaruvchilar uni sakkiz kun davomida izlagan, biroq natija bo‘lmagan.
“Akulani kasal bo‘lgani uchun ovladik. Men u plastmassa yoki baliq to‘rini yutib yuborgan deb o‘yladim. U so‘yildi, ichidan esa qora g‘avvoslar kiyimidagi ayolning qoldiqlari chiqdi”, dedi baliqchi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi