date
views 91

Qirgʻizistonlik deputat xorijga olib ketilgan 720 ta jasadni mamlakatga qaytarishni soʻradi

Qirgʻizistonlik deputat xorijga olib ketilgan 720 ta jasadni mamlakatga qaytarishni soʻradi
Foto: “perm.ritual.ru”
Qirgʻizistonning “Eldik” deputatlar guruhi va “Alyans” fraktsiyasi yigʻilishida deputat Oqboʻqon Tashtanbekov koʻp yillar avval Qirgʻiziston Tibbiyot akademiyasida Germaniya plastinatsiya markazi faoliyat koʻrsatgani, bu markaz mamlakatdan 720 ta jasadni olib ketganini ma'lum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, jasadlarning 27 tasi 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga tegishli boʻlgan, shuningdek, 70 tonna inson organlari ham xorijga joʻnatilgan.

Jasadlar vaqtincha olib ketilgani aytilgan, biroq xalq deputatining soʻzlariga koʻra, ular hanuzgacha qaytarilmagan va xorijiy davlatlar muzeylarida eksponat sifatida foydalanilmoqda.

Tashtanbekovning ta'kidlashicha, mamlakat xalqaro sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib, jasadlarni dafn qilish uchun qaytarishi kerak. Ular orasida dramaturg va oqinlarning jasadlari borligini qoʻshimcha qilgan.

Qirgʻiziston sogʻliqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliev parlamentariya iltimosiga koʻra plastinatsiya markazi yopilganini va hozirda plastinatsiya uchun organlar oliy oʻquv yurtlariga xorijdan olib kelinayotganini aytgan.

Mulozimning qayd etishicha, olib ketilgan jasadlar boʻyicha tergov huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan. Jasadlarni olib ketishga ruxsat berganlarning koʻpchiligi jazolangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirgʻizistonlik deputat xorijga olib ketilgan 720 ta jasadni mamlakatga qaytarishni soʻradi