Foto: “Ghall.com”
Isroil bu ssenariydan manfaatdor bo‘lishiga qaramay, Eron AQSH bilan urushga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda Tasnim agentligiga bergan intervyusida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) elita bo‘linmasi rahbarining bosh maslahatchisi general Husayn Dagigi ma’lum qildi.
“Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi urush Isroilning uzoq yillik maqsadlaridan biridir, ammo hozirda bunday urush ehtimoli juda past”, dedi IIQK rahbari maslahatchisi.
Dagigi, shuningdek, Eronga qarshi urush amalga oshishi mumkin bo‘lgan harakat ekanini ham qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va har qanday holatga tayyor.
Avvalroq The New York Times (NYT) AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Isroil Eron va uning energetika obyektlariga hujum qilgan taqdirda neft narxi oshishidan xavotir olayotganini ma’lum qilgandi.
Tahlilchilarning fikricha, zarbalar Fors ko‘rfazidan resurslar yetkazib berishni kechiktirishi mumkin, bu esa global salbiy oqibatlarga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi