Eron Rossiyaga ballistik raketa yetkazib berayotgani uchun Yevropa ittifoqi sanktsiyalar joriy qiladi

Foto: “Ua.depositphotos.com”
Yevropa Ittifoqi yaqin orada Eronning ballistik raketalarni Rossiyaga topshirishi bilan bogʻliq shaxslar va tashkilotlarga nisbatan sanktsiyalar joriy qiladi. Bu haqda yevropalik ikki diplomat va EIning yuqori martabali amaldori ma'lum qildi, deb yozadi Reuters.
Diplomatlardan biri Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari raketalarni yetkazishda yordam bergan 14 nafar shaxs va tashkilotga, jumladan, aviakompaniyalar va boshqa kompaniyalarga nisbatan sanktsiyalar joriy etishini aytdi.
Shu bilan birga, yevropalik rasmiylar ular qanday kompaniyalar yoki shaxslar ekanligini aytishmadi. Avvalroq Iran Air milliy aviakompaniyasiga nisbatan cheklovlar qoʻllanilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Oʻz navbatida, EI vakillari Yevropa davlatlari oʻrtasida Eronning qudratli harbiy kuchi – Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusiga qarshi sanktsiyalar qoʻllash yoki qoʻllamaslik borasida kelishmovchiliklar davom etayotganini ta'kidladi.

Izohlar 0
…